MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

DIKTANTLAR TANLOVI



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Filialda 2023-yil 04-dekabr kuni 2-4- kurs talabalari uchun soat 11:30da va 1-3-kurs talabalari uchun 13:30da talaba yoshlar o‘rtasida “Mening konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktantlar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!

G‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Qatnashish istagida bo‘lgan talaba yoshlar yuqorida ko‘rsatilgan vaqtda o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga kelishlari so‘raladi.                                                         

Konstitutsiya Nizomi

Manzil: O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi.

Murojaat uchun tel: +99890 539-52-56 (X.Bo‘ronova)

Eslatma: Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘zlari bilan 12 varaqli yo‘l-yo‘l daftar olib kelishlari so‘raladi!