MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Iqtisodiyot va turizm

Umumiy ma'lumot

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi haqida

Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi “Psixologiya” fakulteti tarkibida 2023-yil avgust oyidan bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik kafedrasi sifatida faoliyat boshlagan.

Kafedra faoliyatida asosiy vazifalar:

- barcha o‘quv shakllari bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;

- talabalarning mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;

-talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

- rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;

- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;

- darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;

- kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;

- iqtidorli talabalarni  tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;

- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; 

- tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;

- kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;

- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me’yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

- kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim jarayonini rivojlantirish;

- xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

- talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

- filial axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish.

 

Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari

Bakalavrlar va magistrlar tayyorlaydi:

- 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va faoliyat sohalari bo'yicha)

- 61010400 Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)

-70411401 Inson resurslarini boshqarish

-70310102 Iqtisodiyot

O'qish shakli - kunduzgi, sirtqi

KAFEDRANING USTUVOR ILMIY YO‘NALISHI:

Jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy darajasini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari

 Qabul parametrlari

2023/2024 o‘quv  yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtisodiyot va turizm kaferdasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha

2023/2024 o‘quv  yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtisodiyot va turizm kaferdasi bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha

 

2023/2024 o‘quv yilida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtisodiyot va turizm kaferdasi magistraturasi bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar va o‘quv-uslubiy ishlar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi uchun quyidagi fanlardan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi:

 

  1. Iqtisodiyot nazariyasi,
  2. Iqtisodiy ta`limotlar tarixi,
  3. Buxgalteriya hisobi va audit,
  4. Statistika,
  5. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot,
  6. Menejment va marketing,
  7. Tarmoqlar iqtisodiyoti,
  8. Biznes rejalashtirish,
  9. Xufyona iqtisodiyot,
  10. Ekonometrika asoslari,
  11. Demografiya va ijtimoiy statistika,
  12. Raqamli iqtisodiyot,
  13. Institutsional iqtisodiyot,
  14. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish,
  15. Iqtisodiy xavfsizlik,
  16. Innovatsion iqtisodiyot,
  17. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar,
  18. Loyihalarni boshqarish,
  19. Iqtisodiy fanlarni o'qitishi metodikasi,
  20. Kommertsiya ishi,
  21. Real sekortni davlat tomonidan tartibga solish.  

Kafedraning ma’naviy hayoti

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi Filialda tashkil etilgan turli xil tadbirlarda doimo ishtirok etib kelmoqda.

 

Talabalar turar joyida reja-grafik asosida turli xil ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari:

Iqtisodiyot va turizm kafedrasining quyidagi professor-o‘qituvchilari izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda.

X.Norbekov-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi assistenti, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ivatov ilmiy maslahatchiligida “Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish va uni tartiblashtirishni takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

A.Nizametdinov-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nazarova ilmiy maslahatchiligida “Sanoat koronalari biznesini tashkil etishda ishlab chikarish faoliyatini takomillashtirish yullari” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

S.Saitov-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xajimuratov ilmiy maslahatchiligida “Avtomobil transporti korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

N.To‘ychieva-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi assistenti, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nazarova ilmiy maslahatchiligida “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyatni boshqarishni takomillashtirish” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

A.Rashidov-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi assistenti, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xajimuratov ilmiy maslahatchiligida “Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar hisobi va auditini takomillashtirish” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

A.Narkuziev-Iqtisodiyot va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xajimuratov ilmiy maslahatchiligida “Avtomobil transporti korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish” ilmiy mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi olib borilmoqda.

 

Asosiy o‘qituvchilar tarkibi:

1.     Tsoy M.P. - kafedra mudiri . PhD , dotsent

2.     Muxtarov B.A. - fan nomzodi, dotsent

3.     Kuchimov A.X. - fan nomzodi, dotsent

4.     Xudoyorov R.T. - katta o'qituvchi

5.     Azimov Yu.K. - katta o'qituvchi

6.     Saitov S. – katta o‘qituvchi

7.     Haydarov B – katta o‘qituvchi

8.     Nizametdinov A. - katta o‘qituvchi

9.     Mansurov Sh. - assistent

10. Norbekov M. - assistent

11. Najmiddinov D. - assistent

12. G'aybullaev S. - assistent

13. Rashidov A. - assistent

14. Norqo'ziyev A. -  assistent

15. Xidirnazarov A. – stajyor o‘qituvchi

16. Bo'ltakov S. - stajyor o‘qituvchi

17. Usmonova V. - stajyor o‘qituvchi

18. Ubaydullayeva V. - stajyor o‘qituvchi

19. Sirlibekov H. - stajyor o‘qituvchi

20. Zulfakarova L.F. - fan nomzodi, dotsent

 

Tashqi o'rindoshlar

1.     Bobanazarova J.X. – DSC , prof.

2.     Samadqulov M.I. - PhD va . o.dots

3.     Saidaxmedova D.S. - fan nomzodi , dotsent

4. Toshpolatov Sh. - assistent

5. To'ychiyeva N. - assistent

6. Jabborova Y. - katta o'qituvchi

7. Muhammedov R. - katta o'qituvchi