MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-08-43

72-226-69-09

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

YANGI YIL TABRIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING

JIZZAX FILIALI DIREKTORI, PEDAGOGIKA FANLARI DOKTORI,

OLIM XOLBUTAYEVICH TURAKULOVNING

YANGI YIL TABRIGI

     Qadrli do‘stlar!

Avvalo, sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin dildan tabriklayman. Barchamizga ma’lumki, o‘tgan 2020-yil butun dunyo uchun og‘ir bo‘ldi. Pandemiya jamiyatning har bir sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ammo, shunga qaramasdan filial hayotining hech bir jabhasida oqsoqlanish ko‘zga tashlangani yo‘q. Albatta, buning ortida filial jamoasining katta mehnati yotibdi.

Oliy ta’lim sohasidagi islohotlarni filialimiz hayoti misolida ham ko‘plab erishilayotgan yutuqlar zamirida to‘la ko‘rishimiz mumkin.  Shuningdek ta’lim muassasalariga g‘amxo‘rlik, xususan, kadrlar tayyorlashning asosiy  mas’ullari – pedagog xodimlarning moddiy turmush darajasini yanada oshirish borasidagi  qator  tadbirlar har birimizdan yangicha kuch-g‘ayrat bilan ishlashni taqozo etadi.

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida “Kirib kelayotgan 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil toʻladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu gʻoya asosida keng bayram qilamiz” – deya ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, Prezidentimiz  2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb e’lon qildilar. “Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʻayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi Oʻzbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz” – deb, alohida ta’kidladilar.

Qadrli yurtdoshlar! Aziz hamkasblar va talaba-yoshlar!

Sizni, jamoamizning barcha a’zolarini kirib kelayotgan Yangi, 2021 yil bilan samimiy tabriklar ekanman, har biringizning hayotingizga, oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik,  olam-olam shodlik, bitmas-tuganmas  baxt tilayman. Yangi yil barchamiz uchun yangi va yanada  quvonchli marralarga boy bo‘lsin!

                                                                                                        

Hurmat bilan,

Olim Xolbutayevich Turakulov

04.09.2025

⭕️#uchrashuv ⭕️O‘zMU Jizzax filiali va O‘zmilliybank AJ o‘rtasida hamkorlik — yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda! 🔹Bu......

04.09.2025

⭕️#suhbat ⭕️Talabalikka bagʻishlov – yangi avlodning katta qadamidir 🔹O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston......

04.09.2025

⭕️#live 🇺🇿 O'zMU JF direktori talabalikka tavsiya etilgan yoshlarga “Kelajak soati” darslarini oʻtdi 🇺🇿 Yurtimizda mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#bilimlarkuni “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” 🇺🇿 O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida O‘zbekiston mustaqilligi......

04.09.2025

⭕️#talabaga_qulaylik #jarayon ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib kutib olinmoqda.. ⭕️OʻzMU Jizzax filialida talabalar munosib ......

04.09.2025

⭕️#bayram #Mustaqillikning34yilligi ⭕️ Jizzax shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantan......

26.08.2025

⭕️#yarmarka ⭕️Jizzax viloyatida ''Bo'sh ish o'rinlari'' mehnat yarmarkasi o'tkazildi. ✅ Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti hududi......

26.08.2025

⭕️#hashar 🌿 Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki 🌿 “Obod va fayzli mahalla — yurt ko'rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq......

26.08.2025

⭕️#suhbat #texnikum ⭕️Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida 2024/2025-o'quv yillarida Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bi......

18.08.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......