Yangiliklar
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
72-226-08-43
72-226-69-09
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
72-226-04-85
72-226-04-85
Yangiliklar
Universitet
Qabul-2025
Uslubiy ta'minot
Yangiliklar
⭕️#uchrashuv
🇺🇿 O‘zMU Jizzax filialida Rahbar va Yoshlar uchrashuvi hamda Oliy ta'lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
➡️Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Rahbar va Yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
➡️Uchrashuvda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Qodirov G‘ayrat Toirovich hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
🌳Tadbir dastlab filial bog‘ida ramziy ma’noga ega bo‘lgan ko‘chat ekish marosimi bilan boshlandi. Bu jarayon yoshlarda atrof-muhitni asrash va yashil muhitni kengaytirish borasida mas’uliyat hissini kuchaytirishga qaratildi.
➡️So‘ngra rahbarlar talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini jarayonida ishtirok etib, g‘olib talabalarga o‘z tabriklarini bildirishdi.
📕 Uchrashuv davomida filial tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, rahbarlar yosh olimlarning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Asosiy qismda esa talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yoshlarning dolzarb savollariga general-mayor Qodirov G‘ayrat Toirovich hamda mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
🌎Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yili boshlanishida turli yo‘nalishlarda yutuqlarga erishgan talaba-yoshlar tantanali ravishda taqdirlandi.
🎨Taqdirlash jarayonidan so‘ng filial talabalari o‘z ijod mahsuli sifatida generalga qo‘lda chizilgan portret rasmni sovg‘a qilishdi. Ushbu sovg‘a general tomonidan katta minnatdorchilik bilan qabul qilindi.
⚽️ Tadbir so‘ngida rahbarlar filial infratuzilmalari bilan tanishishdi. Jumladan:
🟢fitnes zali,
🟢talabalar turar joyi,
🟢sport zali,
🟢yangitdan rekonstruksiya qilinayotgan faollar zalining sharoitlari o‘rganildi.
📍Uchrashuv nafaqat talabalarga, balki barcha ishtirokchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik, yangi marralar sari intilishga undovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy voqea bo‘ldi.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
| Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
Bog‘lanish uchun
Ijtimoiy tarmoqlar