MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

72-226-04-85

72-226-04-85

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

“FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANI

BUGUN MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI MAJLISLAR ZALIDA “FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANINING YALPI MAJLISI BO'LIB O'TDI.

Bugun O‘zMU Jizzax filialida o'z ishini boshlagan “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida raqamli iqtisodiyot istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining sohaga tegishli bo‘lgan farmonlari va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu Respublika ilmiy-texnik anjumanini filial direktori, p.f.d., professor O.X.Turakulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Anjuman, O‘zbekiston Respublkasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masallarini, jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy ta’minotlarini yaratishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va ularni murakkab tizimlarni boshqarishda hamda ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlarida joriy qilishning ilmiy, uslubiy va amaliy muammolari, hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollarini qamrab olgan.

Yalpi majlis kun tartibiga binoan O‘zMUning "Amaliy matematika va kompyuterli tahlil" kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor M.M.Aripov "Raqamli iqtisodiyotga o‘tishda OTMlarning o‘rni" mavzusidagi ma'ruzasi bilan davom etdi. Shuningdek, Rossiya federatsiyasi Tula davlat pedagogika universitetining texnika fanlari doktori, akademigi S.A.Radchenko "Методы и возможности улучшения обучения и подготовки молодежи к трудоустройству и лучшей жизни, исползуя информационные технологии, мировой опыт и международное сотрудничество" mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Yalpi majlisni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazining professori D.T.Muxamedieva "Sonli-farq metodlarining noaniq varianiti" mavzusidagi ma'ruzasi bilan yakunlandi.

Respublika ilmiy-texnik anjumani kuninng ikkinchi yarmi hamda 6-may kunlari quyidagi sho'balarda o'z ishini davom ettiradi.

1.    Elektron ta’lim (e-learning): metodologiya, uslubiy ta’minot, elektron axborot resurslar

2.    Smart texnologiyalari va ularning ilovalari: tadqiqotlar va ishlanmalar

3.    Axborot xavfsizligi: muammolar, yechimlar, istiqbollar

4.    Raqamli iqtisodiyot sohasining istiqbollari.

Filial Axborot xizmati

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling @uzmujizzaxfiliali

jbnuu.uz||Facebook |Instagram |You tube

 

10.07.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyati......

08.07.2025

🔹#malaka_oshirish 🔸 Oliy taʼlim tashkilotlari axborot xizmatlari xodimlarining malakasi oshirildi. 🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar v......

08.07.2025

❗️❗️❗️❗️❗️❗️ 🤔Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida "Yozgi ta'tilni sport bila......

08.07.2025

🎉#Xushxabar O’zMU Jizzax filiali talabasi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko’r......

06.07.2025

Bugun Jizzax Yoshlar Texnoparkida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivo......

02.07.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Turakulo......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali direktori O.Tu......

28.06.2025

Ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida bitiruv......

25.06.2025

#dolzarb90kun #konsert #yoshlarkuni Jizzaxda “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida galakonsert bo'lib o'tdi. 📍30-iyun "Y......