MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidaga ilmiy-texnik anjuman



Bugun 2022-yil 13-may kuni, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidaga ilmiy-texnik anjumani o‘z ishini boshladi. Anjuman o‘z ishining ochilish yalpi yig‘ilishida respublikamiz va Rossiya Federatsiyasining nufuzli universitetlar yetakchi professorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, jumladan  Jizzax davlat pedagogika instituti professori, texnika fanlari doktori, professor Turakulov Xolbo‘ta Abilovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Falsafa va ma’naviyat asoslari” kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor Shermuhamedova Nigina Arslanovna, Jizzax politexnika instituti “Oliy matematika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Otakulov Salim, Rossiya Federatsiyasi L.N.Tolstoy nomidagi Tula Davlat pedagogika universiteti dotsenti Kulikova Tatyana Ivanovna va boshqalar.

Anjumanning ilmiy yo‘nalishlari - amaliy matematika va axborot texnologiyalari, pedagogika, psixologiya, filalogiya xamda ularga turdosh sohalarnipg olimlari va mutaxassislari orasida hamkorlikni kengaytirish, yangi ilmiy natijalar va usullarni muhokama qilish, yosh olimlarni sohaga jalb qilish hamda ularni sohaning yetuk mutaxassislari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatilarini yaratishning dolzarb mummolari va yechimlariga qaratilgan.

Anjumanning maqsadi Respublikamizda amalga oshirilayotgan ushbu yo‘nalishlardagi islohotlar samarasini yaxshilash, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammolar yuqori salohiyatli ilmiy maktablar o‘rtasidagi muhokamalar, munozaralar va ilmiy ma’ruzalar jarayonida o‘z yechimini topadi.

Anjumanda ilg‘or fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari, mamlakatimizning intellektual nufuzini oshirish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Shu bilan birgalikda anjumanning asosiy maqsadlaridan biri, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy ta’minotlarini yaratishning ilmiy asoslarini takomillashtirish va ularni murakkab tizimlarni boshqarishda hamda ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlarida joriy qilishning ilmiy, uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqish, respublikamizda pedagogik kadrlar tayyorlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari hamda iqtisodiy sohalarida amalga oshirilgan islohotlarni yoritishdan iborat.

Anjumannnig vazifasi - O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalari hamda ishlab chiqarish korxonalari muammolarini yechishda ilmiy asoslangan takliflar berish; ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini muvofiqlashtirish, faoliyat ko‘rsatayotgan yosh olim, katta ilmiy-xodim-izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli hamda iste’dodli talabalarga keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.