MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

Yangiliklar

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari uchun “Karyera kuni va mehnat yarmarkasi” da 300 dan ortiq ish o‘rni taklif qilindi.



#19aprel #karyerakuni

💥 Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari uchun “Karyera kuni va mehnat yarmarkasi” da 300 dan ortiq ish o‘rni taklif qilindi.

📍 Yoshlar muammolari, xususan, ularning ish bilan bandligini ta’minlash bugungi kunda har doimgidan-da muhim hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022- yilning 4-mart kuni oliy o‘quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ham mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan oliy ta’lim muassasasi talabalarini ishga joylashtirish masalasiga e’tibor qaratildi.

🟥 Yarmarka mobaynida Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida muassasaning bitiruvchi talabalari uchun ochiq muloqot o‘tkazildi.

🫥 Talabalarga kadrlar masalasida bugungi kunning asosiy talablari tushuntirilib, xorijda o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat yuritish yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

🫥 “Karyera kuni va mehnat yarmarkasi" doirasida talabalar uchun viloyatdagi xalq ta’limi sohasida 90 ta, sanoat sohasida 78 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 29 ta va boshqa sohalar bilan birgalikda jami 300 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni taklif etildi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati

✅ Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook

🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov