MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

O'quv faoliyat

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2020 yil 30 iyundagi 357-son “2020/2021 o‘quv yilidan ta'lim jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tishi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali 1-kurs ta'lim yo‘nalishlari o‘qitishning kredit-modul tizimiga o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining 31 dekabrdagi 2020 yildagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 824-son qaroriga asosan bakalavr ta'lim boqichidagi 1 va 2-kurs talabalari hamda 1-kurs magistratura mutaxassisliklaridagi o‘quv-me'yoriy hujjatlar kredit-modul tizimiga moslashtirilgan holatda ishlab chiqilgan.

Filial o‘quv jarayon jadvali ishlab chiqilib 2021 yil 31 avgustdagi filial Kengashida muxokama qilingan va direktor tomonidan tasdiqlangan. O‘quv jarayon jadvali Vazirlar Mahkamasining 31 dekabrdagi 2020 yildagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 824-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, kurslar va yo‘nalishlar kesimida haftaliklar bo‘yicha yillik o‘quv jarayoni (fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish, nazariy va amaliy ta'lim haftaliklari, malakaviy amaliyot, oraliq nazorat hafaliklari, attestasiya haftaligi, ta'til) o‘z aksini topgan.

O'zMU JF Bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha I-III boshqich talabalarining 2021-2022 o'quv yili uchun o'quv jarayon jadvali